Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev joriy yilning 8 fevral kuni “Yangi Ozarbayjon” hukmron partiyasining VI syezdida so‘zga chiqib ozarbayjonlarning Armaniston poytaxti Yerevanga bo‘lgan da’vosi haqida gapirgandi. Ushbu nutq rasmiy tarzda prezidentning saytida e’lon qilindi, deb yozadi Qalampir nashri.
Tog‘li Qorabog‘ masalasi Armaniston va Ozarbayjon mamlakatlari o‘rtasidagi bahsli nuqta hisoblanadi va bu ikki davlat o‘rtasida bir necha o‘n yillardan beri davom etib kelayotgan nizolarga sabab bo‘lmoqda.
Xususan, Ilhom Aliyev bu muammoni hal qilish masalasini BMT minbarida ko‘targani haqida xabar bergan edik.
Ammo partiyaning VI se’zdida so‘zga chiqqan Ilhom Aliyev bu safar nafaqat Tog‘li Qorabog‘, balki Armaniston poytaxti Yerevan shahri tarixan ozarlarning ota mulki bo‘lganini ta’kidlagan.
Majlisda Aliyev quyidagilarni gapirdi:
“Tog‘li Qorabog‘ muammosi BMT Xavfsizlik Kengashining qarorlari asosida mamlakatimizning hududiy yaxlitligi doirasida hal etilishi kerak. Boshqa yo‘l yo‘q. Biz hech qachon bizning yerimizda arman davlatining ikkinchi hududi tashkil qilinishiga yo‘l qo‘ymaymiz.
Mamlakatimizning hududiy yaxlitligi muzokaralar mavzusi emas va hech qachon bo‘lmaydi. Biz shunchaki qudratimizni oshirishimiz va kuchaytirishimiz kerak.
Ishonchim komilki, ushbu masala xalqaro huquq normalari va prinsiplariga asoslangan holda adolatli hal etiladi va mamlakatimizning hududiy yaxlitligi tiklanadi.
Shuni ta’kidlash o‘rinliki, biz tarixiy yerlarimizni unutmasligimiz kerak va unutmaymiz ham. Bu bizning keyingi faoliyatimiz yo‘nalgan maqsad bo‘lishi kerak va biz bugun shu maqsadda ishlayapmiz.
Bizning tarixiy yurtlarimiz Yerevan xonligi, Zangezur va Goycha hududidir. Bu haqda yosh avlod va butun dunyo bilishi kerak.
Ushbu masala bilan bog‘liq ravishda bugungi kunda bizning ota-bobolarimizning tarixiy yeri haqida nufuzli ilmiy ishlar, filmlar namoyish etilayotgani va ko‘rgazmalar tashkil etilayotganidan xursandman.
Kelgusi yillarda biz bu yo‘nalishda yanada faolroq bo‘lishimiz kerak, dunyoning turli burchaklarida ko‘rgazma va taqdimotlar o‘tkazishimiz shart.
Yerevan bizning tarixiy zaminimiz bo‘lgani uchun, biz, ozarlar, bu tarixiy yurtlarga qaytishimiz lozim. Bu bizning siyosiy va strategik maqsadimiz va biz unga asta-sekin yaqinlashishimiz kerak.
Armanistonga kelsak, bugun hamma bu mamlakat garovga aylangani va shafqatsiz siyosatining qurboni bo‘lganini ko‘rib turibdi. Biz barcha xalqaro loyihalardan, energiya va transport kommunikatsiyalaridan bu davlatni to‘sib qo‘ydik. Biz buni amalga oshira oldik”.
Aliyev nutqi davomida Yerevan hududi tarixi bilan bog‘liq faktlarni keltirgan va haqli ravishda ozarlar bu hududga egalik qilishi kerakligini ta’kidlagan.
Xususan, Aliyev Yerevan shahrining paydo bo‘lish tarixi, o‘tgan asrlar mobaynida shahar musulmon mamlakatlarining asosiy markazlaridan biri bo‘lganini aytgan.
Shuningdek, u fakt sifatida o‘rta asrlarda bu yerga kelib ketgan yevropalik sayohatchilar o‘z asarlarida shahar va uning aholisi haqida yozgan ma’lumotlarni ham keltirib o‘tib, bu hudud aslida ozarlarning ota meros mulki ekanligini ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi