Xonanda Sardor Mamadaliyev qizining tavallud kunini nishonladi

Kecha, 16 iyul kuni xonanda Sardor Mamadaliyev ijtimoiy tarmoqdagi Instagram sahifasi orqali oilasidagi quvonchli voqeani muxlislari bilan bo‘lishdi. San’atkor joylagan suratlari orqali qizi Yasminaning tavallud ayyomi ekanini ma’lum qildi.
Xonanda suratlar ostida qiziga samimiy tilaklarini bildirib: "Bugun mening ona qizim Yasminaning tug‘ilgan kuni. Ikki dunyo baxtini bersin", deya yozib qoldirdi.
Qisqa vaqt ichida ushbu post ko‘plab muxlislar e’tiborini tortdi. Izohlarda kuzatuvchilar Yasminani tavallud kuni bilan tabriklab, unga sog‘lik, uzoq umr, baxt va yorqin kelajak tilashmoqda. Ko‘pchilik Sardor Mamadaliyevning oilasiga ezgu tilaklarini bildirib, qizaloqning doimo ota-onasining quvonchi bo‘lib ulg‘ayishini tilagan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…