11:41 / 26.02.2018
6 693

Yana Oqto‘ba! O‘zbekistonlik fuqarolar YTHga uchradi (video)

Yana Oqto‘ba! O‘zbekistonlik fuqarolar YTHga uchradi (video)
O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan yo‘lovchi transporti Oqto‘badan Xromtaugacha bo‘lgan yo‘lda halokatga uchradi. Jabrlanganlar bor. Bu haqda Oqto‘ba viloyatining ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda, deydi Xabar nashri.

Politsiya bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi 25 fevral kuni soat 20:40 da Samara — Chimkent yo‘lidagi Yoziq qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan.

“Mercedes” avtobusining 35 yoshli haydovchisi Xromtau yo‘nalishida Oqtoo‘ba tomonga harakatlanayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan», deydi politsiya.

Mazkur yo‘l-transport hodisasi natijasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan 7 nafar yo‘lovchi Xromtaudagi markaziy shifoxonaga turli jarohatlar bilan yetkazilgan. Avtobusda jami 25 nafar yo‘lovchi bor edi.

Mazkur holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi jinoyat kodeksining 345-moddasi 2-qismiga muvofiq tergov ishlari boshlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yana Oqto‘ba! O‘zbekistonlik fuqarolar YTHga uchradi (video)