26 fevralda Turkmanistonning Lebap viloyati ma’muriy markazi bo‘lgan Turkmanobod shahrida xalqaro aeroport ochilishi tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mahalliy OAVning ma’lum qilishicha, mahalliy xo‘jalik “Gundo‘gdi” tomondan qurilgan aeroport shahardan 13 km uzoqlikda hamda Ashxobod-Turkmanobod avtomobil yo‘li va Ashxobod-Kerki temir yo‘li yaqinida joylashgan.
Aeroport soatiga 500 yo‘lovchi o‘tkaza oladi. Uzunligi 3800 metr va eni 65 metr keladigan yangi uchish-qo‘nish polosasi parvozlarni ta’minlovchi zamonaviy vositalar – yorug‘lik-signal beruvchi va meteorologik tizimlar bilan jihozlangan. Bu tizimlar aeroportda barcha turdagi samolyotlarga xizmat ko‘rsatishga imkon beradi.
Omborlarga ega yuk terminali yiliga 200 ming tonna yukni qayta ishlashga mo‘ljallangan.
Aerodromda avtomatlashgan meteoroligik tizim, radiotexnik, yorug‘lik-signal beruvchi va ornitologik qurilmalar o‘rnatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...