
Papua-Yangi Gvineyada 26 fevral soat 4 atrofida yuz bergan 7,5 magnitudali zilzila oqibatida 30 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi. Bu haqda Channel News Asia'ga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, tabiiy ofatdan 300 dan ko‘proq odam jabrlangan, ko‘plab binolarga shikast yetgan. Ba’zi hududlar elektr ta’minotisiz qolgan. Shuningdek, mamlakatda ayni vaqtda aviaaloqa izdan chiqqan.
Zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun armiya jalb qilingan.
Avstraliyalik seysmologlar ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i 9 km chuqurlikda, markazi 50 ming kishilik Mendi shahridan 104 km g‘arbda bo‘lgan.


   “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!    Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar