Avvalroq, biz Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani “Tolibon”ga qonuniy partiya sifatida faoliyat olib borish taklifi bilan chiqqani haqida xabar qilgan edik.
“Tolibon” harakati yetakchilari Ashraf G‘anining taklifiga rasman javob bermasa-da, ular ishongan vakilning javobi “New-Yorker” jurnalida afg‘on siyosatining hurmatli jurnalisti Barnet Rubin tomonidan chop etilgan. Bu haqda “Qalampir” nashri xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, “Tolibon” guruhi tinch muzokaralarni boshlash taklifiga sado bergan.
“Mamlakatimizning okkupatsiya qilingani, mavjud amerikacha hukumatning bizga bog‘lanishiga olib keldi”, deydi “Tolibon”.
“Biz ularni qonuniy deb qabul qilamiz, degan aldamchi taklifingiz mavjud urushni yutish va “Tolibon”ni “tiz cho‘ktirish” uchun Amerika tomonidan kiritilgan formuladir.
Masalaning tub mohiyati shuki, Amerika uchun eng muhimi terrorizmmi? Yoki uning maqsadi Afg‘oniston mineral boyliklariga ega bo‘lib, o‘zini-o‘zi boshqaruvchi hukumatni o‘rnatish va mamlakatda islomiy tizimni o‘rnatishga qarshilik qilish orqali bu yerlarda imperialistik siyosatini hukm surdirishmi”, deyiladi bayonotda.
Ta’kidlash kerakki, ushbu bayonot, “Tolibon” Kobulda 100ga yaqin kishining o‘limiga sabab bo‘lgan portlashni o‘z zimmasiga olganidan bir oy o‘tib berilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, “Tolibon” mamlakatning katta qismini nazorat qilmoqda. Kobul hukumati tarqoq holda bo‘lib, “Tolibon” bilan to‘qnashuvlarda har yili minglab fuqarolar va askarlar halok bo‘lmoqda.
“Tolibon” so‘nggi xaftalarda ikki marta Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan muzokara o‘tkazishni taklif qildi. Lekin ular AQSH tomonidan ilgari surilgan Kobul hukumati bilan muzokaralar o‘tkazishni rad qilishgan.
Halqaro hamjamiyat Ashraf G‘ani ma’muriyatini Afg‘onistondagi yagona qonuniy hukumat sifatida tan oladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi