
3-guruh nogironi E.Tentemishev ochlik e’lon qilgan
Qirg‘iziston fuqarosi Qozog‘istonning Taroz shahridagi qamoqxonada ochlik e’lon qilib, og‘zini tikib qo‘ydi, deya xabar berdi “Qalampir” nashri.
Qirg‘iziston ombudsmen institutiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Taroz shahridagi 158/4 raqamli muassasada Qirg‘iziston fuqarosi 3-guruh nogironi E.Tentemishev ochlik e’lon qilgan va norozilik belgisi sifatida og‘zini tikkan.
Bunga, Tentemishevning bildirishicha, qamoqxona rahbariyati uni boshqa millatga mansubligi bois kamsitishi sabab bo‘lgan.
Xabarda Qirg‘iziston ombudsmeni Kubat Otorbayev Qozog‘istonning tegishli muassasalariga mazkur holatni tekshirish bo‘yicha murojaat qilgani aytilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar