
Ukrainaning Mukachevo shahrida talonchilar tungi payt VS Bank filiali omboriga kirib, u yerda mijozlarning qimmatbaho buyumlari saqlanayotgan 35 ta seyfni ship-shiydam qildi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar bermoqda.
Jinoyatchilar bankning shahar markazidagi binosi uchinchi qavatida joylashgan ombor tomining bir necha darajali temir-beton to‘sig‘ini teshishga muvaffaq bo‘lgani bildirilmoqda.
“Buni bir necha soat, hatto kun mobaynida amalga oshirilganini tasavvur etish qiyin. Ustiga-ustak, ortiqcha shovqin-suron va vibratsiyasiz. Harakat va tovushni qayd etadigan signalizatsiya tizimlari nega ishlamagani haqida savollar paydo bo‘ladi”, — taajjublanadi mahalliy nashrlardan biri.
Пограбування VS bank у МукачевіОприлюднено відео, на якому як стверджують автори, зафіксовано фрагмент грабежу VS Банку в Мукачеві, а саме як зловмисник заліз у сховище банку Відео оприлюднено виданням Трибуна
Опубликовано Mukachevo.net 6 марта 2018 г.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing