AQSHning Kaliforniya shtatida noma’lum shaxs veteranlar uyida uch kishini garovga oldi, deya ma’lum qilmoqda Xabar.uz nashri “KTVU” telekanali xabariga tayanib.
“Napa Valley Register” gazetasining xabariga ko‘ra, bronejilet kiygan va avtomat bilan qurollangan shaxs Yuntvil shahridagi binoga bostirib kirgan. Shahar sherifining ma’lumot berishicha, uning ikki xodimiga qarata o‘q uzilgan.
Hozircha hujum qilgan shaxs ruhiy jarohatlangan harbiylar uchun mo‘ljallangan dastur ishtirokchilaridan biri ekanligi taxmin qilinmoqda.
Veteranlar departamentining ma’lumotiga qaraganda, Yuntvildagi ushbu muassasa AQSHdagi eng yirik veteranlar uylaridan biri hisoblanadi. Unda Ikkinchi jahon urushi, Koreya urushi, Vetnam urushi va boshqa harbiy harakatlarda ishtirok etgan mingga yaqin kishi istiqomat qiladi.
Hozircha garovdagilarning ahvoli ma’lum emas, hudud qurshab olingan. Jinoyatchi bilan muzokara o‘tkazishga harakat qilinmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi