7 793
Rossiya gipertovush tezligida uchadigan yangi quroli — «Xanjar» raketasini sinovdan o‘tkazdi (video)
Rossiyaning nishonga aniq zarba beruvchi yangi quroli — «Xanjar» gipertovush reketasi sinovdan o‘tkazildi, deb ma’lum qiladi Xabar nashri.
«Rossiya Havo-kosmik kuchlarining MiG-31 qiruvchi samolyoti ekipaji belgilangan hududda «Xanjar» gipertovush reketasining harbiy-o‘quv uchirish jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirdi», — deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, «Xanjar» gipertovush tezligida uchadigan va nishonga aniq zarba beradigan raketa majmuasi haqida, 1 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qilgan edi. O‘shanda kompyuter grafikasi yordamida tayyorlangan videolavha namoyish etilgandi. Ayni damda esa, «Xanjar» Janubiy okrugida jangovar navbatchilikka qo‘yilgani tasdiqlandi.
«Xanjar» raketa majmuasi 2000 km masofadagi nishonlarga zarba berishi mumkin. Raketa gipertovush tezligida, ya’ni tovush tezligidan 10 baravar tez uchadi va parvoz davomida manyovr qilib boradi. Ushbu xususiyatlar raketani bugungi kunda ma’lum bo‘lgan har qanday mudofaa tizimini yengib o‘tishini kafolatlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi