Italiyada ko‘rinmas haykal 18 ming dollardan ortiqqa sotildi (video)

Italiyalik san’atkor Salvatore Garau yaratgan, ko‘zga ko‘rinmaydigan «Io Sono» («Men bor») nomli haykal 15 ming yevroga — o‘sha paytdagi kurs bo‘yicha 18 300 dollarga sotildi. Qizig‘i, san’at asarining jismoniy shakli yo‘q. Bu haqda "ArtNet" va "Le Monde" nashrlari xabar berdi.
Hodisa 2021 yil may oyida Italiyaning Art-Rite auksion uyida sodir bo‘lgan. Xaridorga asarning o‘zi o‘rniga san’atkor imzolagan haqiqiylik sertifikati topshirilgan. Shuningdek, unga haykalni qanday namoyish etish bo‘yicha maxsus ko‘rsatmalar berilgan.
Garauning ko‘rsatmasiga ko‘ra, «Io Sono» xususiy uyda, hech qanday buyum bilan to‘silmagan, taxminan 150 × 150 santimetrli bo‘sh joyda joylashtirilishi kerak. Ya’ni asarni namoyish etish uchun xonada muayyan hudud ajratiladi, ammo u yerda ko‘zga ko‘rinadigan hech qanday buyum bo‘lmaydi.
San’atkorning fikricha, san’at faqat ko‘z bilan ko‘rish yoki qo‘l bilan ushlash mumkin bo‘lgan narsalardan iborat emas. Uning g‘oyasiga ko‘ra, bo‘shliq ham inson tasavvuri, fikrlari va idroki orqali muayyan ma’no kasb etishi mumkin.

Shu tariqa, «Io Sono» asarini sotib olgan kishi moddiy haykalga emas, balki san’atkorning g‘oyasi va uning badiiy talqiniga pul to‘lagan.
Ma’lumot uchun, Garau bunday yo‘nalishdagi asarlarni avval ham taqdim etgan. Uning «Buddha in contemplazione» nomli boshqa ko‘rinmas haykali Milandagi La Skala maydonida namoyish etilgan. Ushbu asar joylashgan hudud yerga chizilgan oq kvadrat bilan belgilangan.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…