Xonanda Munisa Rizayevaning yoshlikdagi surati o‘g‘li Aleks bilan solishtirildi (foto)

Xonanda Munisa Rizayevaning o‘g‘li Aleksning yoshligidagi suratlari onasining bolalik va yoshlik davridagi rasmlari bilan solishtirildi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ikki surat o‘rtasidagi o‘xshashlikni ko‘rib, hayratini yashira olmayapti.
Xonandaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida o‘g‘li Aleksning tug‘ilgan kuni munosabati bilan yaqinlari tomonidan yo‘llangan samimiy tabriklar va tilaklar e’lon qilindi. Tabriklar orasida Munisa Rizayevaning yoshlikdagi surati hamda Aleksning ayni yoshdagi rasmi yonma-yon joylashtirilgan.
Suratlarni ko‘rgan muxlislar bolakay onasining xuddi o‘zi ekanini ta’kidlab, ularning yuz tuzilishi va tashqi ko‘rinishidagi o‘xshashlikka e’tibor qaratishmoqda. Ayrim foydalanuvchilar esa Aleks onasining yoshligini eslatishini yozib, bu o‘xshashlikdan hayratlanganini bildirmoqda.

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…