Ziroat Mirziyoyeva Iordaniyada Qur’oni karimda tilga olingan "Ashobul Kahf" majmuasini ziyorat qildi

Ziroat Mirziyoyeva Prezident Shavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga davlat tashrifi doirasida mamlakat malikasi Maryam G‘oziy hamrohligida Amman shahri yaqinidagi «Uyqudagi yetti yosh g‘ori» — «Ashobul Kahf» tarixiy-diniy majmuasiga tashrif buyurdi.
Mazkur maskan islom tarixida muhim o‘rin tutadigan, diniy ta’qiblardan qochib, g‘orga panoh topgan yigitlar haqidagi mashhur qissa bilan bog‘liq. Rivoyatga ko‘ra, ular o‘z e’tiqodlarini saqlab qolish maqsadida g‘orga yashiringan va Allohning irodasi bilan uzoq vaqt uyquda qolgan. Shu sababli bu joy «Yetti uxlovchi» yoki «Ashobul Kahf» nomi bilan tanilgan.
Ushbu voqea Qur’oni karimning «Kahf» surasida ham bayon etilgan. Unda yigitlarning g‘orda uzoq muddat qolganiga oid ma’lumotlar keltiriladi. Xususan, suraning 25-oyatida ularning g‘orda 300 yil, yana to‘qqiz yil qolganiga ishora qilinadi.
Iordaniyadagi «Ashobul Kahf» majmuasi ana shu qissa bilan bog‘liq ziyorat maskanlaridan biri sifatida e’zozlanadi. U nafaqat mamlakatning tarixiy-diniy merosida, balki musulmonlar ma’naviy hayotida ham alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois bu yerga turli mamlakatlardan ziyoratchilar va sayyohlar tashrif buyuradi.
Ziroat Mirziyoyevaning ushbu majmuaga tashrifi O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasidagi davlat tashrifi doirasida amalga oshirilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlardan biri bo‘ldi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…