7 622
Rossiya gipertovush tezligida uchadigan yangi quroli — «Xanjar» raketasini sinovdan o‘tkazdi (video)
Rossiyaning nishonga aniq zarba beruvchi yangi quroli — «Xanjar» gipertovush reketasi sinovdan o‘tkazildi, deb ma’lum qiladi Xabar nashri.
«Rossiya Havo-kosmik kuchlarining MiG-31 qiruvchi samolyoti ekipaji belgilangan hududda «Xanjar» gipertovush reketasining harbiy-o‘quv uchirish jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirdi», — deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, «Xanjar» gipertovush tezligida uchadigan va nishonga aniq zarba beradigan raketa majmuasi haqida, 1 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qilgan edi. O‘shanda kompyuter grafikasi yordamida tayyorlangan videolavha namoyish etilgandi. Ayni damda esa, «Xanjar» Janubiy okrugida jangovar navbatchilikka qo‘yilgani tasdiqlandi.
«Xanjar» raketa majmuasi 2000 km masofadagi nishonlarga zarba berishi mumkin. Raketa gipertovush tezligida, ya’ni tovush tezligidan 10 baravar tez uchadi va parvoz davomida manyovr qilib boradi. Ushbu xususiyatlar raketani bugungi kunda ma’lum bo‘lgan har qanday mudofaa tizimini yengib o‘tishini kafolatlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi