
Kentukki shtatining poytaxti Frankfort shahridagi 28 qavatli bino — «Capital Plaza» boshqariladigan portlatgichlar yordamida sanoqli soniyalarda buzib tashlandi. «Xabar» nashrining ma’lum qilishicha, bino 1972 yili qurilgan edi.
Ko‘plab ofislar joylashgan bu binodan oxirgi paytlarda sirtqi qoplamalari ko‘chib tushib xavf tug‘dirayotgandi. Shuningdek, kanalizatsiyasida ham muammolar bo‘lgan.
Binoni buzishga 680 kilogramm portlatgich ishlatilgan.
Amerikaliklar tadbirkor xalq: detonatorning tugmasini bosish huquqi 15 ming dollarga sotildi va tushgan pullar yetim bolalar uchun xayriya qilindi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar