4 670
Nazarboyev: «Meva-sabzavotlar O‘zbekistonda mo‘l hosil berib yotibdi, biz esa qulupnayni hali-hanuz Isroildan olib kelamiz»
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashdi.
"Biz to‘liq tarkibda deyarli 10 yildan beri uchrashmagan edik, mintaqaviy va xalqaro kun tartibi masalalari: iqtisodiyot, chegaralar, transportni muhokama qildik. Markaziy Osiyo doirasidagi asosiy masalalar haqida suhbatlashdik. Hech qanday kotibiyat yo idora tuzmaganmiz, tuzmaymiz ham", - dedi Qozog‘iston prezidenti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun Markaziy Osiyo davlatlari faol hamkorlik qilmoqda va rivojlanmoqda.
"O‘tgan qisqa vaqt ichida yillar davomida hal qilinmagan masalalar hal qilindi. Masalan, O‘zbekiston davlat rahbari barcha mamlakatlarga borishga ulgurdi. O‘zbekiston va Tojikiston, Qirg‘iziston bilan chegaraga bog‘liq muammolar o‘n yillar mobaynida hal qilinmagan edi", - dedi Nazarboyev.
U Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegara demakratsiyasi jarayonini to‘liq tugallaganini ta’kidladi. "Barcha hujjatlar imzolandi. Hech qanday muammo qolmadi. Bu juda muhim davr", - dedi QR prezidenti.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlari YaIMning o‘rtacha o‘sishi katta sur’atlarda rivojlandi, mamlakatlar o‘rtasidagi tovar aylanmasi ikki baravarga oshdi.
"Meva va sabzavotlar O‘zbekiston va Tojikistonda mo‘l hosil berib yotibdi, biz esa hali-hanuz qulupnayni Isroildan olib kelamiz. Bu oddiy masala emas. Biz bu savdo tizimini yo‘lga qo‘ygan amaldorlarni qo‘lga olishimiz kerak, ularga yon qo‘shnilardan olgandan ko‘ra o‘sha yerlardan olib kelgan foydaliroq", - dedi Nazarboyev. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi