3 954
Floridadagi otishma vaqtida sherif yordamchisining qanday qilib yashiringani tasvirlangan video
Marjory Stoneman Douglas maktabini qo‘riqlash topshirilgan Brovard okrugi sherifining o‘rinbosari, ofitser Skott Petersoning otishma vaqtidagi xatti-harakati jamoatchilik va sheriff Skott Israelning keskin tanqidiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Washington Post nashriga tayanib, Daryo xabar berdi.
Hozirda iste’foga chiqarilgan va o‘z harakatlari uchun tergovda bo‘lib turgan Peterson otishma maktab ichida emas, balki tashqarisida sodir bo‘lyapti deb o‘ylaganini ma’lum qildi. Petersonning aytishicha, shu sababli u tashqaridan «taktik holatni egallagan» va vaziyatga baho berishga uringan.
Kuzatuv kamerasi tomonidan yozib olingan videoda otishma boshlanishi bilan Petersonning bino bo‘ylab tez yurib ketayotganini, shundan so‘ng ko‘chada turib, hech nima qilmaganini ko‘rish mumkin.
Petersonning advokati okruk sherifi tomonidan «video barchasi qay tarzda bo‘lganini ko‘rsatib turibdi» deya bildirgan izohiga javob berishni istamadi.
Eslatib o‘tamiz, 14 fevral kuni Floridaning Parklend shahrida sodir bo‘lgan otishma oqibatida 17 kishi halok bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi