Suratkash Ron Risman AQShning Nyu-Gempshiridagi mayoqning bo‘ron vaqtidagi suratini olib, u bilan ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishgan. Surat mahalliy telekanal e’tiborini tortgan va uni muallifidan so‘rab efirda ko‘rsatgan. Shundan keyin tomoshabinlardan biri Rismanni ushbu suratni o‘g‘irlashda ayblagan.
Aniqlanishicha, xuddi shunga o‘xshash surat yana bir suratkash Erik Grendon tomonidan olingan. Qiziqarlisi, ikki surat ham bir-biriga deyarli 100 foiz o‘xshashdir. Shundan keyin suratkashlar bir-birlari bilan bog‘lanib, Grendon Rismanga suratlarni taqqoslash uchun RAW-faylni yuborishini aytgan.
Foto:Unwire
Risman ikki suratni batafsil tahlil qilganda suratlarda deyarli sezilmas farq borligini aniqlagan. Suratlarda panjara va suv sachrashlarida farq bo‘lgan.
Foto: Unwire
Aniqlanishicha, bir-birini tanimaydigan ikki fotosuratchi mayoqni bir vaqtning o‘zida, bir rakursdan, biroq millisoniya farq bilan suratga olishga muvaffaq bo‘lishgan. Erkaklar suratga olayotganlarida ularni 30 metrlik masofa ajratib turgan. Natijada ikkala surat ham original deb topilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi