Forbes'ning Rossiyadagi nashri eng ko‘p daromadlarga ega rossiyalik milliarderlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Bu yerdagi reytingda aktivlarni sotishdan yoki dividendlar ko‘rinishida olingan real pullar hisobga olinadi. Shaxsiy mulkni sotish bo‘yicha bitimlar hisoblanmadi.
Alisher Usmonov reytingda 660 mln dollarlik daromad bilan 10-o‘rinni egalladi. Pullar “Metalloinvest” va “Megafon” dividendlarini to‘lanishi natijasida olindi.
Forbes’ning aniqlik kiritishicha, “Metalloinvest” temir rudasiga narxlarning o‘sishi fonida aksiyadorlarga 67 mlrd rubldan ko‘proq dividend to‘lab berdi, ammo 25,1 mlrd rubl kompaniyaga avval taqdim etilgan guruh ichidagi qarzlarni qoplash hisobidan darhol qaytib keldi.
Usmonovning yana bir kompaniyasi - “Megafon” - deyarli 20 mlrd rubllik dividendni to‘ladi, biroq 2018 yilda direktorlar kengashi “Yarovaya qonuni” tufayli kapital xarajatlarning ehtimoliy o‘sishi fonida dividendlarni to‘lamaslikni tavsiya etdi.
Birinchi o‘rinni esa 2,3 mlrd dollarlik daromad bilan Kirill Shamalov egalladi. Bu pullar dividendlar hamda “Sibur” kimyoviy kompaniyasi aksiyalarini uning asosiy aksiyadori Leonid Mixelsonga sotish natijasida olingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi