08:48 / 25.03.2018
4 421

Nega Kanada bosh vaziri uysiz?

Nega Kanada bosh vaziri uysiz?
Juda ko‘plab mamlakatlarda hukumat rahbarlarining o‘z qarorgohlari borligi odatiy hol. Biroq Kanadada-chi? Yo‘q, Kanadada unday emas. Kanadaning bosh vazirlari 1951 yildan beri poytaxt Ottavaning Sasseks degan shahrida oddiy toshdan yasalgan davlat uyida yashab keladilar. Mazkur uy 150 yil ilgari oliy toifadagi shaxslar uchun qurilgan. Bino, asosan, sement mahsulotidan qurilgan.

Lekin hozirgi kunga kelib anchayin xaroba holiga kelib qolgan. “Hatto omborxonalarida sichqonlarni uchratishingiz mumkin”, - deydi uy xizmatkori.

Mahalliy davlat hokimiyati bundan yigirma yil avval uyni ta’mirlash ishlari olib borilishi zarurligini o‘sha paytdagi bosh vazirga tushuntirgan. Lekin bunga ahamiyat berilmagan. Hozirgi kunda esa uyni ta’mirlash uchun taxminan 10 million Kanada dollari kerakligi aytiladi.

Foto: National Capital Commission
Kanadaning hozirgi bosh vaziri Jastin Tryudoga nega hukumat tomonidan sizga turar-joy berilishini yoki uyingizni ta’mirlab berishlarini istamaysiz degan savolga u: “Men shundoq ham yaxshi yashayman. Menda hammasi joyida, men baxtliman. Uy masalasiga kelsak, u menga o‘z vazifamni amalga oshirishimga xalaqit bermaydi. Mazkur pullar xayriya uchun sarflansa adolatdan bo‘ladi. Shu bilan birga siyosiy tanqidlar markazida bo‘lishni ham xohlamayman”, - deb javob bergan bosh vazir.

Eslatib o‘tamiz, kanadalik siyosatchi 2015 yil 4 noyabrdan beri bosh vazirlik faoliyatini yuritib kelmoqda.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nega Kanada bosh vaziri uysiz?