
Ukraina hukumati Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha dastur to‘xtatilgani haqidagi qarorni e’lon qildi. Bu haqda RIA «Novosti» ma’lumotiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
«Ukraina Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Ukraina va Rossiya Federatsiyasining 2011-2020 yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik dasturi to‘xtatiladi. U Moskvada 2011 yilning 7 iyun kuni imzolangan edi. Tashqi ishlar vazirligi belgilangan tartibda Rossiya Federatsiyasi hukumatini Ukraina Vazirlar Mahkamasining qarori haqida xabardor etsin», - deyiladi qarorda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy aloqalarni butkul uzmoqchi ekani xabar berilgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar