Rossiya Davlat Dumasi qabul qilayotgan yangi qonunga ko‘ra, badavlat fuqarolar o‘z nomlari bilan ataluvchi fondlar va mukofotlar ta’sis qilishlari va ularga o‘z boyliklarini vasiyat qilishlari mumkin bo‘ladi.
Yangi joriy etilayotgan mexanizm, badavlat ishbilarmonlarning mol-mulklaridan ularning vafotidan keyin ham, qoldirilgan vasiyatnomaga muvofiq – samarali boshqarish, ko‘paytirish va xayriya maqsadlarida foydalanish imkonini yaratadi.
Ekspertlar fikriga ko‘ra, boy-badavlat ishbilarmonlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri vorislari har doim ham eng mos keladigan boshqaruvchi bo‘la olmaydi.
Ikkinchidan, ayrim badavlat biznesmenlar o‘z vorislarining xavfsizligini o‘ylab ham ana shunday qarorga kelishgan. Xususan, 2017 yilda boyligi 14,4 milliard dollar baholangan “Alfa grupp” egasi milliarder Mixail Fridman ana shunday fikr bildirgan edi.
Undan tashqari, mol-mulki 15,2 mlrd baholangan Alisher Usmonov, daromadi 14,3 mlrd $ bo‘lgan “Nornikel” kompaniyasi prezidenti Vladimir Potanin ham o‘z boyliklarining katta qismini me’ros fondlariga o‘tkazish va kelajakda ulardan jamoatchilik manfaatlari uchun foydalanish niyatlari borligini bildirishgan edi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Rossiyada ana shunday me’ros fondlariga ehtiyoj ancha vaqtdan beri bor edi, lekin taaluqli qonun bo‘lmagani tufayli oldin bunday amaliyotlar Buyuk Britaniya yoki boshqa mamlakatlar orqali amalga oshirilar edi. Yangi qonun kuchga kirsa, Rossiyada 2018 yilning 1 sentyabrdan boshlab me’ros fondlari tashkil qilish mumkin bo‘ladi.
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyalik biznesmenlar xayriya maqsadlarida yildan yilga ko‘proq mablag‘ sarflab kelmoqdalar. Mablag‘lar nafaqat jismoniy shaxslar, balkim kompaniyalar tomonidan ham sarflanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi