
3 aprelda Kaliforniyaning San Bruno shahri politsiyasi YouTube videoxizmati bosh qarorgohida otishma sodir bo‘lgani va uning oqibatida 4 kishi yaralangani hamda bir kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.
“Hammasi bo‘lib 4 jabrlanuvchi bor, ular o‘qotar jarohatlar bilan shifoxonaga yuborilganlar va binoda halok bo‘lgan bir kishi bor””, deb aytgan politsiya boshlig‘i Ed Barberini.
San-Fransiskodagi shifoxona vakili u yerga 3 kishi yetkazilganini ma’lum qilgan.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, otishmani ayol kishi sodir etgan va u bir o‘zi bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, ayol o‘lgan.
Ayolning shaxsi o‘rnatilmagan. Guvohlarning aytishicha, u qora rangdagi kiyimda bo‘lgan va binoga orqa eshikdan kirgan. Ularning ta’kidlashicha, shundan keyin kamida 20 ta o‘q ovozi eshitilgan.

Foto: Reuters
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, otishma ichki nizo sababli yuz bergan va terrorchilik bilan bog‘lanmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing