date
views 4 650

YouTube shtab-kvartirasida otishma bo‘ldi (video)

YouTube shtab-kvartirasida otishma bo‘ldi (video)
AQSHning Kaliforniya shtatida joylashgan YouTube shtab-kvartirasida otishma bo‘ldi, deb xabar berdi Darkchi nashri, YouTube shtab-kvartirasi xodimlarining Tvitter sahifasida qoldirgan xabariga asoslangan holda.

Mazkur otishmani qurolangan ayol uyushtirgan. Xabarlarga ko‘ra, ayol bu ofisga orqa eshikdan kirgan. U qurolidan o‘t ochib, kamida to‘rt kishini jarohatlagan, keyin esa o‘zini o‘ldirgan. Jarohat olgan xodimlar kasalxonaga yetkazilgan, politsiya vaziyatni o‘rganmoqda.

Voqea mahalliy vaqt bilan soat 13 atrofida sodir bo‘lgan.

Kompaniya xodimlaridan biri bo‘lgan Vadim Lavrusikning so‘zlariga qaraganda, u otishma ovozini eshitgan. Vahimada yugurayotgan odamlarni ko‘rgach, hamkasblari bilan xonaga yashirinib olgan.

YouTube shtab-kvartirasida 1700 nafarga yaqin xodim ishlaydi, ular evakuatsiya qilingan. Politsiyaning dastlabki taxminiga ko‘ra, bu otishma terakt emas, balki zo‘ravonlik, deb baholanmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » YouTube shtab-kvartirasida otishma bo‘ldi (video)