13:15 / 07.04.2018
4 573

2017 yilning "eng chiroyli banknota"si ma’lum qilindi (foto)

2017 йилнинг "энг чиройли банкнота"си маълум қилинди (фото)
Xalqaro banknotalar jamiyati IBNS “Yil banknotasi” tanlovining yakuniy natijalarini ma’lum qildi. G‘olib banknota ovoz berish yo‘li bilan aniqlangan. Unga ko‘ra, 2017 yilning eng chiroyli banknotasi deb 10 shveysar franki tan olindi.

Foto: psm7.com

Banknotaning old tomonida vaqtni boshqarayotgan, dirijyor tayoqchasini ushlagan qo‘l tasvirlangan, bu Shveysariya aholisining ko‘p qirraligini ifodalaydi. Kupyuraning orqa tomonida shveysar soatlari mexanizmi va Gotard temir yo‘l tunneli suratlari tasvirlangan.

Shveysariya uchun bu ikkinchi g‘alabadir: o‘tgan yil 1-o‘rin 50 shveysar frankiga berilgandi.

Quyida hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholangan banknotalar keltirilgan:

10 dollar (Kanada)

Foto:Financial Post

10 funt (Shotlandiya)

Foto: psm7.com

7 dollar (Fiji)

Foto: psm7.com

100 kron (Norvegiya)

Foto: psm7.com

40 frank (Jibuti)

Foto: psm7.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 2017 yilning "eng chiroyli banknota"si ma’lum qilindi (foto)