Travel Ask KXDRda odamlarning qatl qilinishiga sababchi bo‘ladigan ba’zi «gunohlar»ni keltirib o‘tdi, deb ma’lum qiladi Daryo.
Umummilliy motam kunlari yetarlicha qayg‘urmaslik
Milliy yetakchi vafot etgan qora kunda mamlakatning barcha fuqarolari chuqur qayg‘u va cheksiz dard-alamni chin dildan ko‘rsatib berishiga to‘g‘ri keladi. Sizning ayriliq dardingiz kimgadir yetarlicha samimiy tuyulmasa, sizni mehnat lageriga jo‘natishlari yoki otishga hukm qilishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, buyuk dohiy Kim Chen Irning o‘limidan keyin koreyaliklar 100 kun davomida dard-alamlarini namoyish qilishga majbur bo‘lgan edi.
Kattalar uchun filmlarni tomosha qilish
Shimoliy Koreyada pornografik xususiyatga ega materiallarni ko‘rish va tarqatish qat’i taqiqlagan, jazo sifatida esa o‘lim jazosi ko‘zda tutilgan. Masalan, 2013 yilda hokimiyat tepasiga kelgan Kim Chen In sobiq ma’shuqasini, go‘yoki, pornografik filmda qatnashgani uchun qatl qilishga shaxsan buyruq bergan.
Yig‘ilish vaqtida uxlab qolish
Yig‘ilishlar paytida, ayniqsa, buyuk yetakchi nutq so‘zlayotgan chog‘ida uxlab qolganlar qatl etiladi. O‘z vaqtida xalq qurolli kuchlari vaziri Xyon Yon Chxolning otib tashlanishiga aynan shunday holat sababchi bo‘lgan.
Hafsalasizlik bilan ishlash
2015 yilda Kim Chen In Shimoliy Koreyadagi tansiq toshbaqalar (ular faqat oliy mansabli koreys amaldorlari uchun sho‘rva pishirishda ishlatiladi) boqiladigan fermalardan biriga tashrif buyurgan vaqtida boshqaruvchining ishga yondashuvi davlat rahbariga hafsalasiz va mas’uliyatsiz bo‘lib tuyuldi. Ko‘p o‘ylab o‘tirmasdan, yetakchi uni qatl qilishni buyurdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi