“Nuh kemasi” nomli hujjatli filmni suratga olgan Jem Sertesenning aytishicha, Turkiyaning Doguboyazit viloyatidagi Agri tog‘ida Nuh payg‘ambarning kemasiga tegishli bo‘lgan korpus izlari topilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, georadarlar yordamida bir necha kun olib borilgan suratga olish ishlari davomida kema korpusining izlari topilgan. Bu haqda “Anado‘lu” axborot agentligi xabar berdi.
Jem Sertesen 23 yil davomida butun dunyo ahlini qiziqtiruvchi Nuh payg‘ambar kemasini qidirish bilan shug‘ullangan va ushbu izlanishlar natijasida hujjatli filmni suratga oldi.
“Nuh kemasi Ilhan Dupurinar tomonidan ochilgan. Ara Guler - kemani suratga olgan birinchi suratkash. 1985 yilda esa Solih Bayraktutan dastlabki ilmiy tadqiqot olib borgan olimdir. Georadar yordamida suratlar olingan, ular Agri tog‘larida kema korpusi borligini tasdiqlamoqda. Ushbu hududda arxeologik qazish ishlarini olib borish zarurligi bo‘yicha ma’ruza tayyorlandi” - dedi rejissyor jurnalistlarga.
Manba: O‘MI Matbuot xizmati “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi