09:57 / 28.04.2018
6 537

Inson qiyofasidagi maymun odamlarni vahimaga soldi (video)

Inson qiyofasidagi maymun odamlarni vahimaga soldi (video)
Indoneziyalik haydovchi yo‘l chetida kichkina qizaloq qiyofasida tilanchilik qilayotgan maymunni videoga oldi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Voqea Bogor shahridagi yo‘llardan birida videoga olingan. Rolikda yo‘l chetidagi simyog‘ochlardan biriga bog‘lab qo‘yilgan, qizaloq kiyimida haydovchilarga paqirchasini uzatib, tilanchilik qilayotgan maymunni ko‘rish mumkin. Maymunga qizchalarning pushtirang kombinzoni kiydirilgan, yuziga esa ko‘zoynakli niqob taqilgan.

Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Aksariyat foydalanuvchilarning maymunga rahmi kelgan bo‘lsa, ba’zilar undan qo‘rqib ketishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Inson qiyofasidagi maymun odamlarni vahimaga soldi (video)