Rossiya poytaxti Moskva shahrida minglab odamlar telegramni bloklashga qarshi norozilik namoyishlarini o‘tkazishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 16 apreldan boshlab mamlakatda telegram messenjerini bloklash tartibi boshlangan.
Moskvada bo‘lib o‘tayotgan namoyishda 7,5 ming kishi ishtirok etayotgani qayd etildi. Ular qo‘llariga yozuvli bannerlarni ko‘tarib olishgan. Poytaxt aholisi telegram messenjerini qo‘llab-quvatlashlarini ta’kidlashmoqda.
Namoyish ishtirokchilari qog‘ozdan telegram ramzi bo‘lgan qushni yasab atrofga uchirishgan. Politsiya vaziyatni nazoratga olgan bo‘lib, namoyishlar chog‘ida tartib saqlangan va fuqarolar xavfsizligi ta’minlangan.
Telegramni bloklash boshlanganidan so‘ng, ushbu dastur davlat xavfsizlik xizmatlariga shifrlangan xabarlarga kirish huquqini beruvchi sud qaroriga rioya qilishdan bosh tortgan. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati esa zaruriy holat yuzasidan ayrim xabarlarga kirishi kerakligini ta’kidlamoqda. Dasturni bloklash jarayonida"Roskomnadzor" davlat nazorat punkti boshqa veb-saytlarga kirishni to‘xtatgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi