Fransiyalik velopoygachi Fransua Jissi 2014 yilda maxsus yasalgan velosipedida soatiga 333 km tezlikda harakatlanib og‘izga tushgan. To‘g‘ri, oyoq kuchi bilan bunchalik katta tezlikka erishish mushkul, velosipedga reaktiv dvigatel o‘rnatilgan bo‘lib, u vodorod peroksidi iste’mol qilardi. O‘shanda u 400 km/soatlik marrani ham zabt etishini aytib, katta gap qilgandi.
Jissiga poygabop velosiped tayyorlashda kvant optikasi bo‘yicha mutaxassis do‘sti yordamlashadi. Yangi velosipedni yasashga uch yildan ziyod vaqt ketdi va shu yilning may oyida Jissi harbiy aerodromning uchish polosasida sinov ishlarini boshladi.
Boshlamasiga Jissi velosipedni soatiga 200 km tezlikkacha chiqardi. Keyin yangi “toychoq”ning imkoniyatiga ishonib harakatni tezlashtirdi va 300 tezlikka chiqqanda to‘satdan boshqaruvni yo‘qotib, o‘qday uchayotgan transport betonga quladi.
Velosipedchi shu zahotiyoq vertolyotda gospitalga jo‘natilganligiga qaramasdan, qutqarib qolishning iloji bo‘lmadi. Hozir politsiya uning o‘limi sababchisini qidirmoqda. Guvohlarning aytishicha, Jissining o‘limiga yo‘l sahnining notekisligi sabab bo‘lgan. 300 km/soat tezlikda harakatlanayotgan velosipedning g‘ildiragi plitalarning chokiga to‘g‘ri kelib qolgach, boshqaruv tamom izdan chiqib, tavakkalchi Jissi shiddat bilan yerga yiqilgan.
Manba: Carzone.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi