Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Fransiyada muqaddas Qur’onga qarshi harakatlar boshlanganini qoraladi.
Erdo‘g‘an Turkiya oliy majlisi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida bu haqda gapirib o‘tdi, deyiladi Azon.uz nashri xabarida.
Ma’lumki, Fransiyada 300 kishining imzosi bilan Qur’oni Karimdan ba’zi oyatlarni chiqarish to‘g‘risida bildiruv tayyorlandi.
Ushbu bildiruvni imzolaganlar orasida mamlakatning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi ham bor.
“Fransiyada haqiqatni bilmaganlar Qur’ondan ba’zi oyatlarni chiqarib tashlash talabi bilan bildiruv e’lon qildi. Ajabo, umrida o‘z muqaddas kitoblari bo‘lmish Injil, Tavrot va Zaburni hech o‘qib ko‘rganlarmi? Menimcha, o‘qisa har holda o‘z muqaddas kitoblarini ham man qilgan bo‘lardilar”,-dedi Turkiya prezidenti.
Erdo‘g‘an: “Ey g‘arb! Bizning muqaddas kitobimizga hujum qilar ekansiz, biz aksincha sizning muqaddas qadriyatlaringizga hujum qilmaymiz, biroq sizni ag‘darib tashlaymiz. Shuni bilib qo‘ying. Siz kimsizkm bizning qadriyatlarimizni toptayapsiz. Biz sizning qanchalik pastkash ekanligingizni bilamiz”, – dedi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi?
Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”