22:34 / 12.05.2018
3 903

Tbilisidagi tungi klublarda o‘tkazilgan tintuv mushtlashishga aylanib ketdi

Tbilisidagi tungi klublarda o‘tkazilgan tintuv mushtlashishga aylanib ketdi
Kecha tunda Gruziya politsiyachilari Tbilisi shahrida joylashgan tungi klublarda tintuv o‘tkazgan. Tintuvlarga asosan tungi klublarda narkotik moddalar sotilayotgani haqidagi anonim xabarlar sababchi bo‘ldi. Buning natijasida «Basiani», «Galareya» tungi klublarida jami 8 kishi qo‘lga olindi. Ularni narkotik sotayotgan paytda tutishgan.

Ammo politsiya reydidan so‘ng yuzlab odamlar Gruziya parlamenti yonida to‘planib, norozilik aksiyasini tashkil etdi. Oradan hech qancha o‘tmay, bu aksiya politsiyachilar bilan mushtlashuvga aylandi. Aytishlaricha, aksiyada narkotiklar iste’molini qonunlashtirish, aniqrog‘i, jinoyat hisoblamaslik tarafdori, Gruziya prezidentligiga o‘z nomzodini ilgari surgan Zurab Japaridze ham bor edi. Politsiyachilar bu yerda 20 nafardan ko‘proq fuqaroni qamoqqa oldi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tbilisidagi tungi klublarda o‘tkazilgan tintuv mushtlashishga aylanib ketdi