Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniyaga bordi, deb xabar berdi Darakchi nashri.
Turkiya rahbari poytaxt Londonga yetib kelgach, Bukingem saroyida qirolicha Yelizaveta bilan uchrashdi. Uch kunlik tashrifi davomida Rajab Toyib Erdo‘g‘on va Angliya Bosh vaziri Tereza Mey o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda inson huquqlari, terrorizmga qarshi kurash, migratsiya hamda mintaqaviy tinchlikni barqarorlashtirish kabi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, ikki tomonlama savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida ham so‘z bordi.
Uchrashuv Angliya va Turkiya uchun "yaqin munosabatlar"ni o‘rnatish hamda mudofaa sohasida "umumiy manfaat " mavzusida muhokamalar olib borish uchun tashkil etildi. Bosh vazir Tereza Mey va Turkiya rahbari G‘azodagi vaziyat xususida ham to‘xtalib, zo‘ravonliklar tufayli odamlar qurbon bo‘layotganini ta’kidlashdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi