Livan poytaxti Bayrut shahrida ko‘p yillardan beri tilanchiligi bilan tanilgan va kecha o‘lik holda topilgan ayolning bankdagi hisob raqamida 5,5 million dollari bor ekan. Bu haqda «Sabah»ga tayanib Xabar nashri ma’lum qilmoqda.
Taxminan 15 yildan beri Bayrut shahrining al-Basta al-Fuqa mavzesida eski avtomobil ichida yashab kelayotgan 54 yoshli nogiron Fotima Muhammad Usmon kecha «uyi»da o‘lik holda topildi.
Politsiya xodimlarining surishtiruvi natijasida uning «uyi»da 5,7 million lira (4 ming AQSh dollari), shu bilan birga, bankdagi hisob raqamida 5,5 million dollari borligi ma’lum bo‘ldi.
«Dunyodagi eng boy tilanchi» nomini olgan Fotima 1982 yildan beri bitta joyda yashagan. Unga har doim yordam qo‘lini cho‘zgan mahalladoshi Nabil Astaning ham bunchalik puli yo‘q ekan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi