
27 may kuni Gretsiya shimolida, Aleksandrupolisdan Orestiaduga yo‘l olgan yo‘lovchi avtobusini chaqmoq urdi.
Mo‘’jiza ro‘y berib, yo‘lovchilar jabr ko‘rmadi. Avtobus haydovchisi o‘zini yo‘qotmay, tezkorlik bilan avtobus salonidan yo‘lovchilarni chiqarishga harakat qildi.
Yong‘in xavfsizligi xodimlari yetib kelgunga qadar, avtobus deyarli yonib bo‘lgan edi deb xabar berdi Darakchi nashri.
O‘t uchiruvchilar yong‘inni bartaraf etishdi. Bo‘lmasa kuchli olov o‘sha joyda tarqalishi xavfi bor edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar