11:26 / 03.06.2018
5 122

O‘quvchilar maktabda yashashga majbur bo‘layotgan o‘qituvchiga pul yig‘ib berishdi (video)

O‘quvchilar maktabda yashashga majbur bo‘layotgan o‘qituvchiga pul yig‘ib berishdi (video)
Braziliyaning Breju-Santu munitsipalitetidagi maktablardan birining o‘quvchilari ikki oydan beri maosh olmayotgan o‘z o‘qituvchilari Bruno Rafael de Payvaga pul yig‘ib berishdi, deb yozadi Kun nashri.

De Payva munitsipalitetga mart oyida ko‘chib o‘tgan va mahalliy maktablardan birida betobligi sababli ta’tilga ketgan boshqa o‘qituvchi o‘rniga dars bera boshlagan. U may oyigacha maosh olmagan, oilasini boqishda esa unga do‘stlari yordam bergan.

Ma’lum qilinishicha, o‘qituvchi yashash uchun alohida joy olishga imkoni bo‘lmagani sababli maktabda yashashga majbur bo‘lgan.

O‘quvchilar bundan xabar topib, ustozlari uchun pul yig‘ib berishga qaror qilishgan. Ular yig‘gan umumiy summa 400 Braziliya realini (100 dollar) tashkil qilgan. 15 may kuni ular pul solingan qutichani o‘qituvchi darsga kelishidan oldin uning stoli chekkasiga qo‘yishgan. Bundan bexabar o‘qituvchi qutichada u uchun yig‘ilgan pulni ko‘rib, hayajondan yig‘lab yuborgan, o‘quvchilar esa o‘qituvchilarini quchib olishgan.
Hermosa Sorpresa a un maestro. SE VALE LLORAR.

Hermosa Sorpresa a un maestro. SE VALE LLORAR. Educación Preescolar, la revista Cuando el estado está ausente, los profesores y estudiantes sólo tienen unos a otros. El profesor de arte Bruno Rafael Paiva fue sorprendido por los alumnos de la escuela en la que da clase en la ciudad de pantano santo, en ceará Hace dos meses y medio Bruno, que está formado en música, no recibe el primer salario en la escuela estatal de educación profesional bilbaina viana práctico. Conociendo la situación financiera del profesor y la dificultad para continuar en la escuela, una clase de alumnos decidió ayudarle. Los estudiantes compraron una cesta de chocolate y hicieron una rifa para recaudar 400 reales que serían donados al profesor. Mira el momento en que los estudiantes de Bruno lo dieron con la sorpresa. Video: Bruno Rafael Paiva

Опубликовано Educación Preescolar, la revista 20 мая 2018 г.

Maktab direktori de Payva shartnomani 20 mart kuni tuzgani sababli maoshi keyingi oyga qolib ketganini aytgan, biroq u o‘qituvchiga may oyi uchun ish haqi nima uchun berilmagani sababini tushuntira olmagan. Direktorning aytishicha, o‘quvchilarning bu ishi qolgan o‘qituvchilar va xodimlar uchun kutilmagan hodisa bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘quvchilar maktabda yashashga majbur bo‘layotgan o‘qituvchiga pul yig‘ib berishdi (video)