18:12 / 04.06.2018
5 649

Qisqichbaqa qaynayotgan suvdan chiqib olish uchun o‘z panjasini uzib tashladi (video)

Qisqichbaqa qaynayotgan suvdan chiqib olish uchun o‘z panjasini uzib tashladi (video)
Xitoyda restoranga tashrif buyurgan shaxs yonida qaynayotgan suv to‘ldirilgan kastryulyada tayyorlanayotgan qisqichbaqalardan biri chap panjasini o‘zi uzib tashlaganiga guvoh bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

Weibo mikrobloglar ijtimoiy tarmog‘ining Jiuke ismli foydalanuvchisi so‘zlariga ko‘ra, u qisqichbaqalarning katta porsiyasiga buyurtma bergan. Tirik qisqichbaqalarni qaynayotgan suvga ota boshlashgach, ulardan biri kastyulyadan chiqqan va uning chetiga ko‘tarilib olgan. Biroq, u chap panjasini chiqarib ololmagan. Shunda qisqichbaqa o‘ng panjasi bilan chapini uzib tashlagan va ozodlikka chiqqan.

Foydalanuvchining xabar berishicha, qisqichbaqani o‘ziga olgan va uydagi akvariumga solib qo‘ygan.

Ta’kidlanishicha, qisqichbaqalar o‘z panjalarini ko‘p bora yo‘qotishi mumkin: ular odatda, qayta tiklanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qisqichbaqa qaynayotgan suvdan chiqib olish uchun o‘z panjasini uzib tashladi (video)