6 150
Go‘zal ayol mijozlarni «yalmog‘iz»ga aylantirish bilan shug‘ullangan firibgar kosmetolog ushlandi
Natalya Korosteleva va Soniat Yainboyevalar kosmetolog-plastik jarroh diplomini pulga sotib olgan va shu kunga qadar mijozlarga plastik jarrohlik xizmatini ko‘rsatib kelgan. Ularning dastidan Moskva shahrining o‘zidagi besh yuz nafarga yaqin ayol ilgarigi go‘zal yuzlaridan ayrildi, salomatligiga putur yetdi.
«MK» muxbiri yozishicha, ikki yil oldin xuddi shu Korostelevaga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan ekan. O‘shanda ham uni plastik xizmat ko‘rsatishda mijozlar salomatligiga putur yetkazganlikda ayblashgandi. Ammo negadir keyinchalik ish yopilgan.
Bu gal jabrlangan yuzlab ayollar Moskva shahar tergov qo‘mitasiga shikoyat bilan murojaat etishdi. Firibgar kosmetolog va uning sherigini qo‘lga olish masalasiga shaxsan tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Drыmanov aralashdi.
Tergov jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, 41 yoshli Natalya sherigi Soniat bilan birga mijozlarga kosmetolog-plastik jarroh xizmatini ko‘rsatib kelgan. Standart dorilar o‘rniga shubhali, ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan dorilardan foydalanish oqibatida mijozlarning yuz, ko‘z qismlarida o‘tkir shamollash, yiringlash holatlari paydo bo‘lgan. Kechagina husnda tengi bo‘lmagan ayol o‘qimagan, ustoz ko‘rmagan mutaxassisning kasriga qolib xunuk, ko‘rimsiz, odam qarasa jirkanadigan qiyofaga kirgan. Aksariyat mijoz ayollar og‘ir ahvolda kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ularning ahvoli hanuz og‘irligicha qolmoqda.
Ayni kunlarda tergov jarayoni davom etmoqda. Yaqin orada Moskva shahar sudi ikki firibgar «jarroh»ga nisbatan adolatli hukm o‘qishi aniq.
Manba: Hordiq.uz
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin