17:39 / 11.06.2018
3 494

Nazarboyev futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilishida Putinni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

Nazarboyev futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilishida Putinni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni qo‘llab-quvvatlash maqsadida futbol bo‘yicha jahon chempionati ochilish tadbirida ishtirok etish uchun Rossiyaga borishini ma’lum qildi. Nazarboyev bu haqda 10 iyun kuni ShHT sammitidan so‘ng jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytdi.

Mahalliy OAVning xabar qilishicha, Qozog‘iston prezidenti e’tibor qaratilishi muhimligi va prezidentlarning bir-birlariga sovg‘a berishlari borasida so‘zladi.

«Vladimir Putinga kelsak, Xitoy raisi uni orden bilan taqdirladi, men buni qo‘llab-quvvatlayman. Bu kabi vaziyatlarda Rossiya prezidentini biz qo‘llab-quvvatlashimiz kerak, shuning uchun men futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilishiga boraman. Aslida final o‘yinlariga borish kerak, biroq men boraman. Ayrimlar hohlamayapti, boykot qilmoqda, — deya ixtibos keltiradi OAV Nazarboyevning so‘zlaridan. — Biz yaqin do‘stmiz, biz borishimiz kerak, ya’ni davlat rahbarlarining munosabatlari turlicha bo‘ladi, do‘stona munosabatlarda do‘stlik paydo bo‘ladi, biroq siyosatchilarning do‘stligi — bu muhabbat emas. Siyosiy do‘stlik bu insoniylikdir, biroq, boshqacha ham bo‘lishi mumkin».

Qozog‘iston prezidenti shuningdek, ShXTga a’zo davlat rahbarlari Kengashining majlisida Qozog‘iston Xitoy tomoni bilan 51ta loyiha bo‘yicha kelishuvga erishganini aytdi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nazarboyev futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilishida Putinni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi