
Xitoylik baliqchi boshi noodatiy shaklga ega «mutant baliq»ni tutib oldi, deb yozadi Daryo. G‘alati mavjudotning videosini YouTube’ga joylashdi.
Hodisa Guyyan shahrida yuz berdi. Kadrlarda yerda o‘rtacha kattalikdagi «peshonasi» yumaloq baliqni ko‘rish mumkin, jonivor og‘zining joylashuvi ham boshqa baliqlarnikidan farq qiladi.
Foydalanuvchilar baliqni rangiga ko‘ra, karplar oilasiga kiritish mumkinligini taxmin qildi, ammo boshining shakli hech bir tavsifga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi. Ba’zi izohlarda esa mavjudot qisman kaptarga yoki delfinga o‘xshab ketishini aytishdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar