Moskva va Vashington Vladimir Putin va Donald Trampning uchrashuvi borasida kelishuvga erishdi. Rossiya davlat rahbari yordamchisi Yuriy Ushakov shu haqida ma’lum qildi.
“Bu masala anchadan beri muhokamada edi, u yopiq kanallar orqali muhokama qilinmoqda. Shuni aytishim mumkinki, sammitni o‘tkazish va hatto uning vaqt va o‘tkazilish joyiga doir kelishuvga ham erishildi. Bu haqida biz ertaga amerikalik hamkasblarimiz bilan birgalikda e’lon qilamiz”, - dedi u jurnalistlarga.
Ushakov uchrashuv uchinchi mamlakatda bo‘lib o‘tishiga aniqlik kiritdi.
Yakshanba kuni Avstriyaning Kronen Zeitung gazetasida sammit o‘tkaziladigan joy Vena bo‘lishi mumkinligi haqida yozilgan edi. Keyinroq Politico nashri xabardor manbalariga tayanib, uchrashuv Xelsnikida o‘tishi mumkinligini ma’lum qildi.
Moskva va Vashington hozircha bu masalaga oydinlik kiritmadi.
Ta’kidlash joizki, Putin va Tramp ikki marta shaxsan uchrashishgan. 2017 yilning iyulida Hamburgdagi G20 sammiti doirasida prezidentlar to‘laqonli muzokaralar o‘tkazishgan edi, ular ikki tomonlama munosabatlar, Suriya va Ukrainadagi vaziyatlar bilan bog‘liq muammolarni muhokama qilishgan.
Noyabr oyida Putin va Tramp Danangdagi “ATES” sammitida muloqot qilishgandi. Uchrashuv davomida ular Suriya bo‘yicha qo‘shma bayonot berishgan. Shundan so‘ng yetakchilar bir necha marta telefon orqali suhbatlashishgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi