Bloomberg agentligi Bloomberg Billionaires Index ma’lumotlari asosida dunyoning eng boy oilalari reytingini tuzdi.
Ta’kidlanishicha, dunyoning eng boy 25 oilasining umumiy boyligi 1,1 trln dollardan ko‘proqni tashkil qiladi.
Reytingda 1-o‘rinni Walmart do‘konlari tarmog‘iga egalik qiluvchi Uolton oilasi egallagan. Bu oilaning boyligi 151 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.
2-o‘rinni Kox oilasi egallagan. Koch Industries kompaniyasi asoschisi Fred Koxning o‘g‘illari Charlz va Devid umumiy hisobda 99 mlrd dollarga egalik qiladi.
“Mars” kompaniyasi asoschisi Frenk Mars merosxo‘rlari 88 mlrd dollarga ega.
Reytingning 4-o‘rnini dunyoda pivo ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniya hisoblangan Anheuser-Busch InBev’ga egalik qiluvchi uchta oila egallagan. Bu oilalarning umumiy boyligi 54 mlrd dollarga baholangan.
Eng boy oilalar beshtaligini Hermes modalar uyi asoschisi Tyerri Ermesning merosxo‘rlari yakunlamoqda. Ular umumiy hisobda 49 mlrd dollarga egalar.
Yetakchi o‘ntalikdan, shuningdek, Chanel egalari Alen va Jerard Vertxaymer, Reliance Industries sanoat guruhi egalari Ambani oilasi, BMW’ga egalik qiluvchi Kvandt oilasi, Cargill Inc. korporatsiyasiga egalik qiluvchi Kargill oilasi va Boehringer Ingelheim farmatsevtik kompaniyasi egalari joy olgan.
Bloomberg’ning ta’kidlashicha, reytingga merosi kamida bir marta avloddan avloddga o‘tgan oilalar kiritilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi