“Fakt Xeber”ning bergan ma’lumotiga ko‘ra, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov “Izvestiya” gazetasiga bergan intervyusida ayni paytda aksariyat o‘lkalarda olib borilayotgan korrupsiyaga qarshi kurash haqida to‘xtalib, kurashning usullari haqidagi fikri bilan o‘rtoqlashdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “o‘g‘ri” gubernatorlar, tuman hokimlari, yuqori lavozimdagi shaxslar qamoq jazosi bilangina qutulib, jazoni o‘tagach, boy-badavlat bo‘lib, davrini surib yuribdi.
“Tevarak-atrofga qarang, haqini oldirib o‘tirgan oddiy aholi “Ana, poraxo‘r, haromxo‘r qamalibdi, jazosini olibdi”, deb xursand bo‘lishadi. Aslida bu ularga jazo emas, mukofot. Hamma yerni talab, yeb, so‘ng bir necha yil qamalib chiqadi-da, so‘ng boy-badavlat bo‘lib, davrini surib yurishadi. Nazarimda, bunday o‘g‘rilarning hamma narsasini qo‘lidan olishimiz kerak. Shunday qilish kerakki, qamalib chiqqanidan so‘ng ham tanish-bilishlariga keragi bo‘lmasin, cho‘ntagida esa chaqa ham bo‘lmasin”. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi