Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi (VSIOM) rossiyaliklarning emigratsiya kayfiyatini o‘rganish maqsadida tadqiqot o‘tkazdi. Bu haqda “Xabar.uz” sayti xabar bermoqda.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, respondentlarning aksariyati (88 foizi) Rossiya hududidan boshqa davlatga chiqib ketishni tasavvuriga ham sig‘dirolmaydi. 10 foizi esa boshqa davlatga borish istagini bildirgan. Bunday xohish ko‘proq yoshlar – 18-24 yoshlilar (31 foiz) o‘rtasida kuzatilgan.
Shuningdek, so‘nggi ikki-uch yil mobaynida safarga chiqqan kishilar (19-20 foiz) chet elni orzu qilishar ekan.
So‘nggi ikki yilda xorijga ketishni istaydiganlar soni joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan 17 foizdan 10 foizga pasaygan.
So‘rovda qatnashganlarning 18 foizi so‘nggi paytlarda chet elga safarga chiqqan kishilardir.
Germaniya hanuz chet elda yashash uchun eng jozibador davlat sifatida o‘z mavqeini saqlab turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi