
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Purtin uchun «kichkina sovg‘a» tayyorlagani haqida gapirdi, deb yozmoqda «Daryo».
Trampning aytishicha, u Putin uchun kichkina sovg‘a tayyorlagan, uning qanday sovg‘a ekanligi esa u Putinga sovg‘a qilinganda ma’lum bo‘ladi.
Avvalroq Tramp Putinni o‘zining raqibi deb atagan va u bilan bo‘ladigan uchrashuv Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bilan muzokaralardan yengilroq bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.
Putin va Tramp o‘rtasidagi uchrashuv 16 iyul kuni Xelsinkida bo‘lib o‘tadi. Ikki davlat yetakchilari ikki tomonlama hamkorlik va xalqaro siyosatning dolzarb masalalarini muhokama qilishni rejalashtirgan. Bu tadbir ikki prezidentning sammitga bog‘lanmagan birinchi to‘liq formatdagi uchrashuvi bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar