
Eronda avtobus va yonilg‘i tashuvchi yuk mashinasi to‘qnashuvi natijasida 27 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 10 dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu xaqda Mehr agentligiga tayanib Darakchi xabar berdi.
Fojia Eron g‘arbidagi Senenej shahrida sodir bo‘ldi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus va yonilg‘i tashuvchi yuk mashinasining o‘zaro to‘qnashuvi natijasida ikkala transport vositasi xam to‘liq yonib ketgan.
Baxtsiz hodisa tufayli muzofotda uch kunlik motam e’lon qilindi.




“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing