09:58 / 12.07.2018
4 054

NATO: "Rossiyaning agressiv harakatlari havfsizlikka rahna solmoqda"

НАТО: "Россиянинг агрессив ҳаракатлари ҳавфсизликка раҳна солмоқда"
Rossiyaning agressiv harakatlari Yevroatlantika mintaqasida va xalqaro darajada asos solingan tartib-qoidalarga rahna solmoqda va shu tariqa NATO ittifoqiga “chaqiriq” bilan chiqmoqda, deb yozadi Tnews.uz.

Bu haqda chorshanba kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan NATO sammitida Shimoliy Atlantika Ittifoqiga a’zo 29ta mamlakat rahbarlari tomonidan qabul qilingan Qo‘shma deklaratsiyada ta’kidlanadi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, Qrim Rossiya tomonidan anneksiya qilingani va Ukraina sharqidagi beqarorlashtiruvchi harakatlari natijasida, zamonaviy Rossiya qurollarining NATO mamlakatlari chegaralariga joylashtirilishi oqibatida, Moskvaning “ma’suliyatsizlarcha va agressiv yadro ritorikasi”, Rossiya tomonidlan gibrid instrumentlaridan, jumladan saylovlarga aralashuvi va kiber makondagi amaliyotlari tufayli mintaqadagi vaziyat beqaror va oldindan aytib bo‘lmaydigan darajaga tushib qoldi. Hujjatda qayd qilinishicha, NATO bo‘yicha ittifoqchilar Solsberidagi zaharlanish ortida Rossiya turgani borasidagi Buyuk Britaniya xulosalariga qo‘shiladi.

Deklaratsiyada Gruziya, Moldaviya va Ukraina hududlaridan qo‘shinlarni olib chiqish, Ukraina sharqidagi ayirmachilarni qo‘llab-quvvatlashni bas qilish va Minsk Kelishuvini to‘laligicha bajarish masalasida Rossiyaga murojjat bilan chiqilgan. Shu bilan birga NATO mamlakatlari agar Rossiya o‘zining tutishini o‘zgartirsa u holda Rossiya bilan muloqotga va Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Deklaratsiyada shuningdek, NATO mamlakatlarining mudofaa harajatlari Yalpi ichki mahsulotning 2 foizi darajasida bo‘lishi borasidagi intilishlari ta’kidlanadi. AQSh Prezidenti Donald Tramp bir necha bor ittifoqchilarni mudofaaga ajratilayotgan mablag‘lari yuzasidan tanqid qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NATO: "Rossiyaning agressiv harakatlari havfsizlikka rahna solmoqda"