Germaniya bo‘rilarni asrash uyushmasi Saksoniya federal birligida bo‘rini o‘ldirgan qotilni topgan kishi uchun 10.000 yevro mukofot va’da qildi. Bu haqda «Hurriyet»ga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qilmoqda.
«DW» telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniyaning Bautsen shahri yaqinidagi ko‘lda otib tashlangan bo‘ri jasadi topilgan. Vahshiy jonivor 1 yoshli nar bo‘lib, avval otib tashlangan, keyin ko‘ksiga beton parchasi bog‘lanib, suvga cho‘ktirilgan.
«Bu voqea insonning vahshiylashib borayotganini ko‘rsatadi», – deydi Bo‘rilarni asrash uyushmasi raisi Brigitte Sommer.
Germaniya qonunlariga ko‘ra, qotil topilsa, u 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Germaniya zaminida 150 yil mobaynida bo‘rilarni uchratish qiyin edi. 2000 yildan keyin Germaniyada yana bo‘rilar paydo bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”