18:46 / 19.07.2018
6 098

Tramp qaysi davlat deb "Uchinchi jahon urushi" boshlanishi mumkinligini aytdi

Трамп қайси давлат деб "Учинчи жаҳон уруши" бошланиши мумкинлигини айтди
AQSh prezidenti Donald Tramp Vashingtonning NATO bo‘yicha ba’zi ittifoqdoshlarini himoyalashga majburligini shubha ostiga qo‘ydi.

Tramp Fox News telekanaliga intervyuda jurnalistning “Amerikalik askarlar yaqinda NATO a’zosiga aylangan Chernogoriyaga hujum bo‘lsa, uni himoyalashi kerakmi?” degan savoliga quyidagicha javob berdi.

“Men siz nimani aytmoqchiligingizni tushundim. Men ham o‘zimga shu savolni beraman. Bilasizmi, Chernogoriya juda kuchli odamlarga ega mittigina davlat. Bu odamlar tajovuzkorga aylanishlari mumkin va mening tabriklarim, siz Uchinchi jahon urushidasiz”, deb javob qilgan AQSh prezidenti.

Trampning fikricha, AQSh qo‘shinlari Chernogoriyani himoya qilishlari shartmas, sababi “bu adolatdan bo‘lmaydi, chunki Chernogoriya hattoki badal to‘lamaydi”. Shu bilan birga Tramp NATO o‘z ustaviga ko‘ra harbiy ixtilof vaziyatida Chernogoriyani himoyalashi kerakligini aytgan.

Chernogoriya 2017 yil iyunida NATOning 29-a’zosiga aylandi. Sobiq yugoslav davlati aholisining aksariyati bunga qarshi chiqqan.

NATO kelishuvining 5-moddasiga ko‘ra, alyansning barcha davlatlari hujumga uchragan boshqa a’zo davlatni jamoaviy himoya qilishi lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp qaysi davlat deb "Uchinchi jahon urushi" boshlanishi mumkinligini aytdi