
Bir necha kun oldin, Vernadskiy ko‘chasidagi Moskva Katta sirkiga kelgan tomoshabinlar oldida sher va yo‘lbars orasida haqiqiy jang sodir bo‘ldi.
Mashhur hayvon o‘rgatuvchi Askold Zapashnыy ularni ajratish uchun dastlab, olishayotgan yirtqichlar tomon tumbalarni uloqtirdi. Tumbalar ish bermagach, u nur va shovqin chiqaruvchi pistoletdan osmonga qarata o‘q uzdi. Qattiq gumburlash hayvonlarni darhol tartibga soldi.
“Bugun birinchi marotaba nur va shovqin chiqaruvchi quroldan o‘q uzdim. Xudoga shukr-ki, bu bilan “jangga” qo‘shilmoqchi bo‘layotgan sher Fillipni to‘xtatib qoldim. Lekin hammasi silliq kechmadi. Qurol dastlab kiyimga ilashib qoldi, keyin qo‘limdan tushib ketdi”, - deb yozgan Zapashnыy o‘zining istagramida.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar